Bosh sahifa

Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2-oktabr, 2026

Qanday ma’lumotlarni saqlaymiz

Hisob identifikatori, profil ma’lumotlari, volontyorlik arizalari, davomat, sertifikatlar, murojaatlar va siz tanlagan xabarnoma sozlamalari saqlanadi.

Ma’lumotlardan foydalanish

Ma’lumotlar tadbirlarda ishtirokni boshqarish, volontyorlik soatlarini tasdiqlash, sertifikat berish, xavfsizlikni ta’minlash va sizga kerakli xabarlarni yetkazish uchun ishlatiladi.

Telegram

Telegram’ni ulasangiz, chat identifikatori va username saqlanishi mumkin. Bot tokeni serverda himoyalangan; u brauzerga uzatilmaydi. Hisobni istalgan vaqtda sozlamalardan uzishingiz mumkin.

Oynur AI va Google Gemini

Oynur AI’dan foydalanganda savolingiz, umumiy rol, ko‘nikma va qiziqishlaringiz javobni tayyorlash uchun Google Gemini API’ga yuborilishi mumkin. Ism, email, telefon, aniq manzil, parol va sessiya ma’lumotlari yuborilmaydi. Google ma’lumotlarni o‘zining xizmat xavfsizligi va saqlash qoidalariga muvofiq qayta ishlaydi. AI’dan foydalanmaslik uchun yordamchi oynasini ishlatmasligingiz mumkin.

ID Card suratini tekshirish

ID Card uchun yuklangan surat yuzning aniqligi va fon talablarini avtomatik tekshirish maqsadida Google Gemini API’ga yuboriladi. Rad etilgan surat ID Card fayli sifatida saqlanmaydi; tasdiqlangan surat kartada ishlatiladi.

Fayllar va xavfsizlik

Profil rasmlari himoyalangan obyekt saqlash tizimida joylashadi. QR davomat, rol tekshiruvi, audit yozuvlari va fraud-signallar ruxsatsiz foydalanishni kamaytiradi.

Murojaat

Ma’lumotlaringiz bo‘yicha savol yoki o‘chirish so‘rovi uchun saytdagi Support bo‘limidan murojaat qiling.